"Milan" va "Inter" klublari sobiq bosh murabbiyi 2 oylik faoliyatidan so‘ng turk klubidan haydaldi

  • 8 dekabr, 2017, 16:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning “Antalyaspor” klubi bosh murabbiyi Leonardo iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda tomonlar o‘zaro kelishgan holda amaldagi shartnomani bekor qilishgan. Aytish lozimki, 48 yoshli italiyalik mutaxassisning “Antalyaspor”da faoliyat boshlaganiga endigina ikki oydan oshgan edi.

Ma’lumot uchun, Leonardo boshchiligidagi jamoa o‘tgan vaqt mobaynida Turkiya chempionatida 5ta va mamlakat kubogida 1ta uchrashuv o‘tkazgan edi. “Antalyaspor” ushbu o‘yinlarning 2tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 2ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan. Qolgan 1ta bahsda esa nursiz durang qayd etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Leonardo faoliyati davomida "Inter" va "Milan" kabi nomdor jamoalarni boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!