
"Milan" xavbeki faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi "Milan" yarim himoyachisi Diego Laksaltga qiziqib qoldi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda rus klubi 25 yoshli urugvaylik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida sotib olishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlash kerakki, “Zenit” Laksaltga yozda, ya’ni “Milan”ga ko‘chib o‘tmasidan avval ham qiziqish bildirgan edi. Ammo, yakunda “Jenoa” uni 14 mln evro evaziga “rossonerilar”ga sotib yuborgan edi.
Ma’lumot uchun, Laksalt joriy mavsum “Milan” safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar