"Milan"ning so‘nggi 3 ta murabbiyi o‘zining debyut bahsida g‘alaba qozona olmayapti

  • 21 oktabr, 2019, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” kecha o‘zining yangi bosh murabbiyi Stefano Pioli qo‘l ostidagi ilk uchrashuvini “Lechche”ga (2:2) qarshi o‘tkazdi va durang qayd etdi.

Tecno

E’tiborlisi, “rossonerilar”ning so‘nggi 3 ta murabbiyi o‘zining debyut uchrashuvida g‘alaba qozona olmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Piolidan avvalgi bosh murabbiy Marko Jampaolo debyut o‘yinini 25 avgust kuni safarda “Udineze”ga qarshi o‘tkazgan va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Undan avvalgi murabbiy Jennaro Gattuzoning “Milan”dagi debyuti esa 2017 yilning dekabriga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda milanliklar “Benevento”ni (2:2) enga olisholmagandi.

Ma’lumot uchun, “Milan” ayni damda A Seriya musobaqa jadvalida 12-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!