
Mino Rayolaning "Yuventus"dagi mijozi undan yuz o‘girdi
Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Federiko Bernardeski agentini o‘zgartirishga qaror qildi.
27 yoshli italiyalik futbolchi Mino Rayola xizmatidan bosh tortdi va Federiko Pastorello bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘ldi. Pastorello instagram sahifasida Bernardeski bilan kelishuvni tasdiqladi va yarim himoyachi bilan birgalikdagi suratni joylashtirdi.
Joriy mavsumda italiyalik futbolchi 12 uchrashuvda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Yuventus” bilan imzolagan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar