Mirislom Hasanov: Muhsin Muhammadiev uyiga ketgan

  • 7 iyul, 2019, 20:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Liga kubogi 3-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda "Buxoro" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng (6:1) buxoroliklar ustozi Mirislom Hasanov uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Dastlabki daqiqadagi penalti futbolchilarimiz ruhiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Shunday bo‘lsa-da, futbochilarimiz bir qator vaziyatlar yuzaga keltirishdi. Biroq ulardan foydalana olmadik.

Bosh murabbiymiz ta’tildan foydalanib, uyiga ketgan. Bundan tashqari, etakchi o‘yinchilarimizga ham dam berishga qaror qildik.

Andrey Sidorov jarohat olib safdan chiqqandi. Bir necha oy davomida maydonga tushmagandi. Shuning uchun uni zaxirada qoldirib , ikkinchi taymda maydonga tushirishni reja qilgandik.

Oraliq tanaffusda tarkibimizni kuchaytirish borasida keng ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Turnir jadvalidagi holatimiz shuni taqazo etmoqda", - deb Hasanovning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!