Mirjalol Qosimov: Liga kubogida qaysi jamoa g‘olib chiqishini oldindan aytish qiyin

  • 2 iyun, 2019, 04:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liga kubogi musobaqasi uchrashuviga jiddiy tayyorgarlik olib borgan edik va bu yakunda o‘z samarasini berdi. Shuningdek, tarkibdagi kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan futbolchilarga bugun o‘ynash imkonini taqdim etdik. Ular bugun yomon harakat qilishmadi. Bugun, shuningdek, “Qizilqum” jamoasi ham yaxshi o‘yin namoyish etdi. 

Tecno

AGMK har bir o‘yinda maydonga chiroyli o‘yin namoyish etish uchun chiqadi. Liga kubogida qaysi jamoa zafar quchadi, buni bilmayman. Oldindan taxmin qilish qiyin. Lekin biz ham har bir o‘yinda muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatishga urinamiz", - deb Qosimovning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!