
Mish-mishlarga o‘rin yo‘q! Ten Xag MYu yulduzini jamoada olib qolishga qaror qildi
"Manchester Yunayted" futbolchisi Markus Reshford jamoada qoladigan bo‘ldi. U hech qanday sharoitda klubni tark etmaydi.
Hujumchi yangi bosh murabbiy Erik Ten Xag bilan kelishib olgani aytilmoqda. Unga ko‘ra, niderlandiyalik mutaxassis hamkasbi Ralf Rangnikdan farqli o‘laroq angliyalik iqtidor egasiga imkon bermoqchi.
Markus o‘tgan mavsumni juda yomon o‘tkazdi. U barcha musobaqalar doirasidagi 32 o‘yinda qatnashib, atigi 5 gol urishga erishdi.
Shuningdek, u 2 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar