Mladen Jijovich: "Andijon" menda yaxshi taassurot qoldirdi"

  • 3 fevral, 12:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” – “Boras Banya-Luka” (0:1) uchrashuvidan keyin bosniyaliklar bosh murabbiyi Mladen Jijovich “Andijon” matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini aytib o‘tdi:

Tecno

“Biz uchun muhim kun edi. Biz barcha futbolchilarimizni 90 daqiqa mobaynida o‘ynatdik va bir hafta tayyorlangandik. Umid qilamizki, Evropa Konferentsiya ligasida ham shunday o‘ynashda davom etamiz.

“Andijon” klubiga kelsak, men uchun bu kuchli raqib. Fikrimcha, ajoyib jamoa va qanday o‘ynashni biladi. Yaxshi taassurot qoldirdi. Ularda ham gol urish uchun yaxshi imkoniyatlari bo‘ldi. Kelajakda “Andijon”ni yanada yaxshiroq holatda bo‘lishini xohlayman”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!