MMA jangchisi Jan-Klod Van Dammga xos tryukni maromiga etkazib bajardi (Video)

  • 04.05.2020 21:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

44 yoshli MMA jangchisi, muaytay bo‘yicha to‘rt karra jahon chempioni Alen Ngalani instagramdagi sahifasiga video joylashtirdi, unda u mashhur gollivud aktyori Jan-Klod Van Damm uslubidagi tryukni bajargan. Shuningdek, "Ishonch - bu eng muhimi", - deya izoh qoldirgan.
Alen Kamerunda tavallud topgan bo‘lib, MMA bo‘yicha og‘ir vazn toifasida 9 ta jang o‘tkazgan. 4 ta g‘alaba va 5 marotaba mag‘lubiyatga uchragan. U asosan "One FC" hamda "One Championship" promoushenlarda oktagonga ko‘tarilgandi.

Quyida ushbu tryuk aks etgan videoni tomosha qilishingiz mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!