"Liverpul" darvozaboni Bundesliga klubiga o‘tishi mumkin

  • 27.03.2020 13:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Mavsumni “Beshiktosh” safida ijarada o‘tkazayotgan “Liverpul” darvozaboni Loris Karius yana Bundesligaga qaytishi mumkin.

Sport1.de nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 26 yoshli nemis posbonini “Gerta” o‘z safida ko‘rmoqchi. Aytish kerakki, ushbu taklif uning uchun ma’qul kelishi kutilmoqda. Boisi, Kariusning sevgan qizi - model Sofiya Tomalla Berlinda istiqomat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Karius uchun Bundesliga begona emas. Boisi, u “Liverpul”ga o‘tishidan oldin “Maynts” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!