Modrichning muxlislari uchun zo‘r xushxabar!

  • 21 avgust, 2024, 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasining Millatlar ligasi doirasidagi Portugaliya va Polmshaga qarshi o‘yiniga chaqiruv oldi. Ispaniyaning AS portali Evro-2024 dan keyingi shubhalarga qaramay, 38 yoshli xorvat terma jamoasida qolishga qaror qilgani haqida xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Luka 2026 yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishni orzu qilmoqda. Modrich o‘zini yarim himoyada sifatli o‘rinbosar topishda qiynalayotgan Xorvatiya terma jamoasi uchun muhim shaxs deb hisoblaydi.

Zlatko Dalich shogirdlari 5 sentyabr kuni Portugaliyaga, 8 sentyabr kuni esa Polshaga qarshi bahs olib boradi.

Luka joriy mavsum "Real" safida ikkita o‘yin o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, Modrichning Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatidagi eng yaxshi yutug‘i 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati finaliga qadar etib borgan. O‘shanda xorvatlar frantsuzlarga 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Yarim himoyachi, shuningdek, 2018 yilda "Oltin to‘p"ni  qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!