"Monterrey" penaltilar seriyasida "Al-Hilol"ni engdi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bronza medalini qo‘lga kiritdi
Bundan biroz avval klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining bronza medallari uchun o‘tkazilgan o‘yin o‘z yakuniga etdi.
Unda Meksikaning “Monterrey” klubi Saudiya Arabistonining “Al Hilol” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 2:2 hisobida durang bilan yakunlangach g‘olib nomi penaltilar seriyasiga ko‘ra aniqlandi. Unda esa omad meksikaliklarga kulib boqdi.
“Monterrey” Meksika – “Al-Hilol” Saudiya Arabistoni 2:2 (0:1, 2:1, 0:0, 0:0), penalti - 4:3
21 dekabr, 19.30, «Khalifa International Stadium»
Gollar: 0:1 – 35 Karlos Eduardo, 1:1 – 55 Gonsales, 2:1 – 60 Mesa, 2:2 – 66 Gomis.
“Monterrey” – Kardenas, Layyun, Basanta, Vaskes, Guterres, Gonsales (Medina, 85), Urretaviskayya, Gonsales, Mexiya (Pisarro, 72), Mesa, Saldivar (Funes Mori, 68).
“Al-Hilol” – Al-Mayuf, Al-Breyk, Al-Shaxrani, Al-Bulayxi, Chjan Xen Su, Kuelyar (Baxebri, 63), Karlos Eduardo, Otayf (Kanno, 74), Al-Dosari, Jovinko, Xribin (Gomis, 60).



Fikrlar