
“Montsa” Shomurodov bo‘yicha bayonot berdi
“Roma”da o‘yin amaliyotisiz qolayotgan Eldor Shomurodovga yozgi transferlar oynasi yopilishi arafasida uchta jamoa – “Torino”, “Bolonya” va “Montsa” da’vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Bu ma’lumotlar bo‘yicha “Montsa” bosh direktori Adriano Galliani rasmiy bayonot berdi.
- Shomurodovni transfer qilmoqchi ekanimiz haqiqatdan uzoq. Bu kabi xabarlarni matbuotda ko‘rdim. Ularni tasdiqlamayman, - dedi Adriano Galliani.
Adriano Galliani “Milan”dagi faoliyati bilan tanilgan. Ayni paytda u “Milan”niga egalik qilgan Silvio Berluskoni qo‘l ostida “Montsa” manfaatlarini himoya qilmoqda.
O‘tgan mavsum “Roma” safida 40 ta uchrashuvda beshta gol va oltita assist muallifi bo‘lgan Eldor Shomurodov yangi chempionatda biror marta ham maydonga tushgani yo‘q.
Fikrlar