Moskva yarim marafonida ishtirokchilardan biri vafot etdi

CHERY AUTO

Bugun Rossiyaning Moskva shahrida har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan xalqaro yarim marafon bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, ushbu musobaqa yakunlangach, ishtirokchilardan biri hayotdan ko‘z yumdi. 

Tecno

"Moskva yarim marafonining 10 km dasturida qatnashgan ushbu  ishtirokchi finishga keldi va qatnashgani uchun esdalik medali bilan taqdirlandi. Unda musobaqa davomida shifokorlarning yordamiga murojaat qilish holati kuzatilmadi. Ishtirokchi bahs yakunlangach "Lujniki" hududini tark etdi va o‘zini yomon his qildi. Tibbiy yordam xizmatchilari uning hayotini saqlab qolish uchun qilgan barcha urinishlari besamar yakunlandi. Shifokorlar uning o‘limini qayd etishdi", – deya axborot berilmoqda musobaqa matbuot xizmati tomonidan. 

Hozircha ushbu ishtirokchining ism-sharifi bilan bog‘liq ma’lumotlar berilgani yo‘q. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!