
Moskvaning "Lokomotiv" klubiga o‘tgan Jasur Jaloliddinov Rossiyaning boshqa jamoasida o‘ynashi mumkin
Shu yili yozda "Bunyodkor" klubi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov Moskvaning "Lokomotiv" klubiga ko‘chib o‘tgandi. Lekin hamyurtimiz yangi jamoasiga "sig‘mayapti". "Lokomotiv" Jaloliddinovni ijaraga berib yubormoqchi edi. Jumladan, "Bunyodkor"ga.
Futbolchining agenti Yuriy Belous g‘azabda va u transfer oynasi yopilgani uchun bu amalga oshmasligini aytdi.
- Jasurning kelajagi borasidagi barcha savollar "Lokomotiv"ga berilishi kerak. Klub bunga izoh bersin. U jamoa o‘yinchisi, shartnomasi bor, maosh oladi. Jaloliddinov asosiy jamoa bilan shug‘ullanmoqda, ammo qaydnomaga kiritilmagan. "Lokomotiv" bu borada qanday qaror qabul qilishini bilmayman.
Jasur endi O‘zbekistonga keta olmaydi. Transfer oynasi yopildi. Faqat Rossiya haqida gapirish mumkin. Masalan, biror-bir klub uni ijaraga olishi mumkin, - deya Belousning so‘zlaridan iqtibos keltirdi RB-Sport.
Fikrlar
Элдордан кейин ростовга урганиб колудик