Mourino, Shomurodovga maydonda munosib joy topib ber!

  • 22 yanvar, 2022, 08:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov harakatchanligi, tirishqoqligi, kurashuvchanligi va mehnatkashligi bilan har qanday jamoa muxlislari mehrini qozona oladi. Hamyurtimiz  ishqibozlik qilishda o‘ziga xos nozik did sohibi hisoblangan Rim shahri aholisining e’tibori va e’tirofini qozongani yoqimli.

Tecno

Italiya kubogining nimchorak finalida “Lechche” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan Shomurodovning xatti-harakatlari “Roma” fanatlariga manzur bo‘ldi. Ayniqsa, futbolchimizning asosan zaxiradan o‘yinga tushib, gol urishni uddalayotgani ishqibozlar tomonidan alohida e’tiborga olindi.

AP21356698223302 (1)

Darhaqiqat, Eldor ketma-ket sakkizinchi marta o‘yinga zaxiradan qo‘shildi. “Roma”ning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida muxlislar bosh murabbiy Joze Mourinodan o‘zbek futbolchisiga ko‘proq o‘yin amaliyoti berishni talab qilyapti.

Sports.uz portali an’anaga muvofiq, o‘zbekistonlik futbol muxlislari e’tiboriga Rim klubi muxlislarning Eldor Shomurodov haqidagi fikr-mulohazalarini taqdim etadi.

Guido Saraceni:

Raqibning saviyasiga qaramay, o‘yin juda og‘ir bo‘ldi. Menga zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarning o‘yinga qanday ta’sir o‘tkazgani manzur bo‘ldi. Ayniqsa, Genrix Mxitaryan va Eldor Shomurodovning hamkorligi uchinchi hal qiluvchi golga olib keldi.

Charles Caperchi:

Shomurodov zaxiradan qo‘shilib, yana gol urdi. Avvaliga “Sampdoriya”ga, endi “Lechche”ga. Mourino Eldorni ko‘proq boshlang‘ich tarkibda o‘ynatishi kerak.

Matteo Macari:

Shomurodov o‘z imkoniyatidan qanday foydalangani menga juda yoqdi. Bu yigit katta tezlik va ajoyib texnikaga ega. Mourino unga maydonda munosib joy topib berishi kerak. O‘yinda Eldor ham, Temmi Abraxam ham ishtirok etsin!

Alessandro Giansanti:

Mourino nega Eldorga ishonch bildirmayotganini hech tushunmayman. Bu hujumchi to‘rtta gol urdi. Bu ham bo‘lsa, unga o‘zini ko‘rsatish uchun deyarli imkoniyat berilmayotgan holatda yuz bermoqda. Uni boshlang‘ich tarkibga kiritishmayapti.

Monica Verolino (Alessandro Giansanti izohiga javoban):

Shomurodovning o‘ziga xos xususiyati shunday. U “Jenoa”da o‘ynaganidan ham zaxiradan o‘yinga tushib, jamoaga foyda keltirar edi. U bu ishni zo‘r uddalaydi. U asosiy tarkibdagi futbolchining o‘rnini bosa oladi va markaziy hujumchi sifatida ham samarali o‘ynaydi. Lekin Eldor butun mavsum davomida etakchi hujumchi bo‘la olishiga shubham bor. Uning roli – superqutqaruvchilikdir.

orig_570867

Roberto Scozzi:

Genrix Mxitaryan va Eldor Shomurodov tandemi zo‘r o‘ynadi. Arman futbolchisining pasi ajoyib chiqdi. Shomurodov esa hammasini qoyilmaqom bajardi. Raqibdan qochib ketdi, yana birini chalg‘atib, darvoza to‘rini aniq nishonga oldi.

Fabio Marziali:

Shomurodov zaxira ustasi. O‘yinga qo‘shilib, muntazam ravishda gol uradi yoki golli pas beradi. Milliy basketbol ligasi bo‘lganidan eng zo‘r 6-o‘yinchi bo‘lardi.

Lando Greco (Fabio Marziali fikriga javoban):

Buning hayron qolarli joyi yo‘q. Shomurodovda boshlang‘ich tezlik juda yuqori. U har qanday himoyachidan bir urinishda qochib keta oladi.

roma

Hurmatli muxlislar, Siz Eldor Shomurodovning o‘yindagi xatti-harakati, goli va umuman, Italiyadagi faoliyatini qanday baholaysiz?

Fikringizni izohlarda yozib qoldiring...

O‘runovni rasmiy o‘yinlarda kutinglar!

Shomurodov o‘zgardi!

“Real” ikki futbolchisini "Roma"ga bermadi

“Yuventus” “Roma” hujumidan futbolchi oladi. U kim ekan?

Mourino avjida. U yana bir futbolchiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi!

“Roma” hujumchidan voz kechib, yangi futbolchi transferini e’lon qildi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shahzod_andmi
21/01/2022 20:16
Golni zo'r kiritdi. Shunday sovuqqonlikni saqlab qolish kerak, so'ngi o'yinlarida shunday qochishlar bo'lmayotgan edi super gol. Mour asosiydan joy bersa Eldor albatta Abrahamdan ko'proq gol uradi
&
Абдурахмон лидер
21/01/2022 20:11
Элдорга марказий хужумчи ролини хеч иккиланмасдан жой бериш керак. Худди ростовдагидек.
England. Bob
22/01/2022 18:28
Mexnatilani qadrliymiz Sports.uz degilar omadilani bersin Shomurodovgayam omad butun Uzbekiston u bilan miz, Faqat sports uz jurnalistlari yanayam professionalroq bolilar news larga mos sarlavxa qóyishga harakat qililar, bu masalada Chempionat.asia dan órnak olilar
Doniyor Doniyor
22/01/2022 18:24
U yaxshi gol urdi, u zaxiradan tushib oyinni kuchaytrdi.. Lekin oxirgi payt unga sovuqqonlik va oziga ishonch yetishmayopti, ROSTOVda oyini zor bogan paytda u lyuboy joydan tepardi va xolagancha tepib gol urardi, xozir bosa oyinida pasayish bor, tepadigan joyda oshiradi, aldidigan joyda qorqadi, xuddi Abraxam 2-golli urganga oxshagan vaziyat Shomadayam kop boladi lekn u oyinni oziga olishdan qorqip qogan
&
Gumbazz
22/01/2022 02:19
Уйин качон булди