
Mourino "Arsenal" direktori bilan tushlik qildi
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino "Arsenal" sport direktori Raul Sanlei bilan tushlik qildi.
"Daily Mail"ning "The Times"ga asoslanib yozishicha, londonliklar bosh murabbiy Unai Emeri va futbolchilar o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyatdan qattiq tashvishda. Rahbariyat ispaniyalik mutaxassisga 1-2 ta bahsga imkoniyat bergan.
"To‘pchilar" APLni yaxshi biladigan, katta obro‘ga ega bo‘lgan mutaxassis izlamoqda va Mourino Sanleida bu borada katta taassurot qoldirgan. Bundan tashqari londonliklar til borasida muammoga uchramaydigan murabbiyni afzal ko‘rishmoqda.
Ilgariroq, Mourino "Arsenal"dan tushgan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligi borasida xabarlar tarqalgan edi. Portugaliyalik mutaxassis Angliyaning uchta jamoasi bilan titul qo‘lga kiritgan murabbiy bo‘lish istagida bu taklifni ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar