Mourino “Bavariya”ga o‘tganida Shomurodovni Myunxenga olib ketarmidi?

  • 16 noyabr, 2021, 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya”ning sobiq direktori Karl-Xayntse Rummenigge portugaliyalik murabbiy Joze Mourino “Tottenxem”dan iste’foga chiqarilganidan keyin “Bavariya”da ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganini ma’lum qildi.

Tecno

- Mourino “Bavariya” bosh murabbiyligiga loyiq variantimiz edi. Tan olaman, uning o‘zi ham Germaniyaga kelib, “Bavariya”ni shug‘ullantirishga tayyor edi. Biroq, Yulian Nagelsmann varianti chiqdi va biz  mahalliy murabbiy bilan ishlashni ma’qul topdik. Men Mourinoni hurmat qilaman va “Roma”da muvaffaqiyatga erishishiga ishonman. Chunki u dunyodagi eng zo‘r murabbiylardan biri, - dedi Karl-Xayntse Rummenigge.

Shu erda qiziq bir mulohaza. Mourino “Tottenxem”ni boshqargan kezlari Eldor Shomurodovga xaridor bo‘lgan edi. Keyinchalik bu rejasini “Roma”da amalga oshirdi. Rim klubi “Jenoa”da 31 ta uchrashuvda 8 ta gol urgan o‘zyuek hujumchisini 17,5 million evro to‘lab, o‘z safiga qo‘shib oldi.

Endi savol tug‘iladi: Agar Mourino “Bavariya”ni boshqarganida Shomurodovni Myunxenga olib ketarmidi?

1629452198_rue1c323b793e

Ular Borxani “yoqib” yuborishdi!

“Roma”da ijara muddatini o‘tayotgan “Real” hujumchisi Borxa Mayoralning agenti Davide Lippi futbolchi faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qildi.

- Borxani Rimda “yoqib” yuborishdi. Ular o‘tgan yili bu futbolchi jamoa uchun nimalar qilganiga ko‘z yumishdi. Lekin mijozim doim asosiy qahramon rolini bajarishni istaydi. Tez orada u “Fiorentina”ga o‘tadimi yoki yo‘q buni bilib olasizlar. Biz hozir barcha imkoniyatlarni o‘rganib chiqyapmiz, - dedi Davide Lippi.

Borxa Mayoral o‘tgan mavsumda rimliklar safida barcha turnirlar 45 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 17 marotaba ishg‘ol qilgandi. Joriy mavsumda esa Joze Mourino uni atigi etti marta maydonga tushirdi. Ispan hujumchisi ichki raqobatda Temmi Abraxam va Eldor Shomurodovga imkoniyatni boy bermoqda.

fwoGEPf

“Roma” afsonasi Mourinoni qo‘llab-quvvatladi

Rim klubi tarixida chuqur iz qoldirgan Franchesko Totti jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Joze Mourino tanqid qilinayotganiga munosabat bildirdi.

Agar biz jamoaning muammosi Mourinoning o‘zi, deb o‘ylasak, bu juda katta xato bo‘ladi. Mourino A Seriyaning barcha murabbiylarini qo‘shib hisoblaganda, ulardan ko‘proq sovrinlarga ega chiqqan. U ajoyib murabbiy va zo‘r boshqaruvchi. U jamoani qanday boshqari, nima deyish va nima qilishni yaxshi biladi. Klub va muxlislar u bilan birga bo‘lishi kerak, - dedi “Rooma” afsonasi Franchechko Totti.

Totti faoliyatini faqatgina “Roma”da olib borgan. 1992-2017 yillar davomida 619 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga 250 ta to‘p kiritgan. Shuningdek, 1998-2006 yillar davomida Italiya terma jamoasida 58 ta uchrashuvda qatnashib, 9 ta to‘p kiritgan.

Franchesko “Roma” tarkibida Italiya chempioni bo‘lgan. Terma jamoa bilan 2006 yili jahon chempionligiga sazovor bo‘lgan.

816516-20602578-2560-1440

Kumbulla jarohat oldi

“Roma” himoyachisi Marash Kumbulla Albaniya terma jamoasiga chaqirtirilgan edi. Rim klubida asosiy tarkibga kirish uchun kurashayotgan futbolchi terma jamoa qarorgohini tark  etib, klub ixtiyoriga qaytdi. Bunga Kumbulla jarohat olgani sabab bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, himoyachi Angliya terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda 17 daqiqa o‘ynaganidan keyin oyoq paylarini shikastlab olgan.

Marash Kumbulla “Roma” tibbiyot xodimlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdag o‘tkaziladi va shundan so‘ng qancha vaqt davolanishi ma’lum bo‘ladi.

21 yoshli Kumbulla joriy mavsumda “Roma” safida atigi oltita uchrashuvda ishtirok etdi.

4QDq4K3

“Roma”da katta tozalash boshlandi. Mourino to‘qqiz futbolchidan voz kechdi

Shomurodov bir ko‘rsatkich bo‘yicha “Roma”da etakchi yoxud Mourino qanday xatoga yo‘l qo‘ydi?

“Roma” muxlislari: Shomurodov superfutbol qanday bo‘lishini ko‘rsatdi!

Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!

Shomurodov va uning muxlislari xursand bo‘ladigan xabar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!