Mourino bir necha transferlarni blokladi: Shomurodovning ishi nima bo‘ladi?

  • 17 yanvar, 2023, 17:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino Evropa futbolida iste’dodli yoshlarni kashf qilishda etakchi mutaxassis hisoblanadi. Portugaliyalik mutaxassis “Roma”da ham shu ishini davom ettirib, qit’a futboliga bir necha yangi nomlarni ochib berdi.

Tecno

“Roma” ana shunday talantlarga boy klub sifatida boshqa jamoalar skautlarining nishonida turishi ham hech kimga kir emas.

Qishki transferlar mavsumining yarmi o‘tib bo‘lgan bir pallada poytaxt klubi bir necha o‘yinchisiga boshqa jamoalardan jiddiy takliflar oldi.

roma-nippo

“Roma” faoliyatini yoritib borayotgan manbalardan biri - https://www.forzaroma.info  saytining yozishicha, Joze Mourino o‘zi katta futbolga yo‘llanma bergan o‘yinchilar – Edoardo Bove, Kristian Volpato va endi asosiy tarkibga qo‘shilgan Benjamin Tohirovichga Italiya va xorijdan bo‘lgan barcha takliflarni blokladi.

Portugaliyalik mutaxassis bu o‘yinchilarni jamoa kelajagi, deb hisoblamoqda va imkon qadar ularning o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun imkoniyat berishga harakat qiladi.

Manbalarning ta’kidlashicha, “Roma” klubi rahbariyati asosan ikki o‘yinchisi – Eldor Shomurodov va Rik Karsdorpni sotib yuborishga harakat qilmoqda.

 Il Messaggero nashri jurnalisti Janluka Lengua “Roma” o‘zbek hujumchisi transferi masalasida “Torino” bilan muzokaralarni davom ettirayotganini tasdiqladi. Rimliklar UEFAning moliyaviy feyr-pley talabini bajarishi uchun chiqish transferlarini rasmiylashtirishga majbur. Shuning uchun ham sport direktori Tyagu Pinto turinliklardan Shomurodovni to‘liq transfer qilishni so‘rayapti.

Keyingi paytda legionerimizga Ispaniya chempionati vakili – “Valyadolid” ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqala boshladi.

Qishki transferlar yakunlanishiga o‘n kundan ortiq vaqt bor va Shomurodovga boshqa variantlar chiqishi yoki davom etayotgan muzokaralardan birortasi samarali yakunlanishining ehtimoli katta.

Shuningdek, “Roma” mutasaddilari niderlandiyalik himoyachi Rik Karsdorpning transferini uyushtirishni ham nazardan qochirgani yo‘q.

27 yoshli o‘ng qanot himoyachisi umumiy guruh mashg‘ulotlarida qatnashayotgan bo‘lsa-da, Joze Mourino uni rasmiy uchrashuvlar qaydnomasiga kiritmayapti. Bunga yangi yil oldidan ular o‘rtasida yuz bergan mojaro sabab bo‘lganini hamma yaxshi biladi.

Rik Karsdorpga “Montsa” va “Salernitina” klublaridan chorlov bo‘ldi. Biroq, futbolchining 2,2 million evro miqdoridagi yillik maoshi Italiya klublariga og‘irlik qilmoqda.

242155422_3119489444948936_5498174368726252879_n

Ayni paytda Tyagu Pinto Karsdorpga og‘iz solgan “Lion” va  “Fulxem” kabi xorij klublari taklifini o‘rganib chiqmoqda.

Legionerimiz ligani tark etmoqda. Murabbiyning iltimosi o‘tmadi!

Shomurodov Messi boshchiligidagi superto‘purarlar bilan birga!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!