
Mourino: EChLdan "akulalar" kelmoqda. Shu bois, Evropa Ligasi pley-off bosqichi qiyin bo‘ladi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino Evropa ligasining 2022/23 yilgi mavsumi pley-offi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Portugaliyalik mutaxassisning fikricha, turnirning keyingi bosqichlari, jumladan, Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘tolmagan top-klublar ishtirok etishi tufayli ancha qiyin bo‘ladi.
“Men “Betis”ni chempionlikka da’vogar sifatida ko‘raman. Lekin Chempionlar ligasida guruhdan chiqa olmagan "akulalar" keladi va bu qolgan jamoalarga qiyinchilik tug‘diradi (jilmayib).
Biz guruhda ikkinchi o‘rinni egallamoqchimiz, agar uchinchi o‘rinni olsak, Konferentsiyalar ligasida unvonimizni himoya qilamiz”, - dedi Mourino “Betis”ga qarshi o‘yindan keyin.
Ayni damda Chempionlar ligasida o‘z guruhlarida uchinchi o‘rinni egallab turibdi: "Barselona", "Yuventus", "Ayaks", "Atletiko", "Milan", "Sevilya".
Fikrlar