Mourino: "Futbol doim ham adolatli bo‘lavermaydi"

  • 30 yanvar, 2023, 08:26
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi 20-turidan o‘rin olgan "Napoli" - "Roma" uchrashuvida maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchdi. O‘yindan keyin rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino quyidagi fikrlarni bildirdi.

Tecno

"Ilk daqiqadanoq juda yaxshi harakat qildik. Ammo raqibning birinchi goli barchasini o‘zgartirib yubordi. Shundan so‘ng shogirdlarim jahl ustida oldinga tashlanishni boshladi.

Raqibga jiddiy muammo tug‘dira oldik. Biroq g‘alabamizga ko‘p narsa qarshi edi. Masalan, o‘z suyuklilarini ishtiyoq bilan qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislar bilan to‘la stadion. Futbol doim ham adolatli bo‘lavermaydi",-dedi portugaliyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, "bo‘rilar" ayni paytda A Seriya turnir jadvalida 37 ochko bilan 6-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!