
Mourino haydagan o‘yinchi o‘ziga jamoa topdi
“Roma”dagi faoliyati yurishmagan futbolchilardan biri Gonsalo Vilyar yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar o‘z yurtiga qaytib ketadi.
Joze Mourino ispaniyalik yarim himoyachiga o‘ziga yangi jamoa topishi kerakligini ochiq aytgan. O‘tgan mavsumning ikkinchiya yarmini ijara asosida “Xetafe”da o‘tkazgan Gonsalo Vilyar bu jamoa murabbiylari ishonchini qozona olmaganidan keyin Rimga qaytib kelgandi.
Endi iste’dodli o‘yinchiga “Valensiya”dan jiddiy qiziqish bo‘lyapti.
Rim klubi sport direktori Tyagu Pinto uni 10 million evro evaziga boshqa klubga qo‘yib yuborishga tayyor.
24 yoshli futbolchi faoliyati davomida 153 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rttadan gol va assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar