
Mourino “Manchester Siti”ga tan berdi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya Premer-ligasida 1-o‘rin uchun kurash yakunlangan deb hisoblaydi.
“Biz mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunlashga harakat qilamiz. Biz bu o‘rinni mavsum davomida egallab kelmoqdamiz. Bir muddat 1-o‘ringa ko‘tarildik, so‘ng yana ikkinchi o‘ringa qaytdik.
Ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi o‘rinlar uchun qattiq kurash kechadi. Biroq 1-o‘rin masalasi hal etib bo‘lindi.
“Manchester Siti” qolganlarni etkazmaydigan darajada, yaxshi o‘ynamoqda. Shu xolos.
Men bu bilan “Manchester Yunayted”, “Tottenxem” yoki “Chelsi” yomon o‘ynamoqda demoqchi emasman. Biroq “Siti” mavsumni yaxshi boshladi va shunday davom etdi. Ular g‘alabaga loyiq bo‘lmagan uchrashuvlarni ham o‘z foydalariga hal etishdi”, – deb aytib o‘tdi portugaliyalik mutaxassis.
Fikrlar