Mourino: Menga qo‘rqoq o‘yinchi kerak emas!

  • 27.10.2021 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino bugungi kunda grand klublar o‘rtasida talash bo‘layotgan Viktor Osimxenni olishni istamagani oshkor bo‘ldi.

Manbalarning ma’lum qilishicha, portugaliyalik mutaxassis “Tottenxem”da ishlagan davrda unga nigeriyalik yosh hujumchini olishni taklif qilishgan ekan.

O‘shanda “Lill”  futbolchisi bo‘lgan Osimxen  londonliklar yulduzi Harri Keyn bilan raqobatlashishga tayyor emasligini bildirgan. Bundan xabar topgan Mourino: “Agar futbolchida kurashish maqsadi bo‘lmasa, bizga bunaqasi kerak emas”, - degan xulosaga kelganini tan oldi.

Shundan so‘ng Osimxen 2020 yili “Napoli”ga transfer qilindi. Joriy mavsumda u A Seriyada to‘qqizta uchrashuv o‘tkazib, beshta gol muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!