
Mourino "Nyukasl"ni boshqarishi mumkinligini inkor etdi
Portugaliyalik mashhur mutaxassis Joze Mourino o‘zining "Nyukasl"ni boshqarishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.
“Men hamisha g‘alaba uchun o‘ynashim kerak. Boshqachasi meni qanoatlantirmaydi. Shu bois menga bunday imkoniyat beradigan klub kerak. 7-8 o‘rinlar uchun kurashadigan jamoalarning takliflari men uchun emas. Ulardan bo‘ladigan har qanday (moliyaviy) taklif ham meni ko‘ndira olmaydi. Mening tabiatim boshqacha. Mening maqsadim – chempionlik uchun kurashish”, - deydi Mourino.
Ma’lumot uchun, Mourino "Benfika", "Portu", "Chelsi", "Inter", "Real" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalarda ishlagan hamda jami hisobda 25ta sovrin qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Mourino terma jamoalarda ishlamoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar