Mourino “Roma”ga Rossiya chempionatidan futbolchi oladi

  • 11 yanvar, 2022, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” himoyachisi Samuel Jigo “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino e’tiboriga tushdi.

Tecno

Aslida frantsiyalik futbolchi anchadan beri Evropaning qator jamoalaridan taklif olmoqda. Ayni paytda 28 yoshli o‘yinchiga “Beshiktosh”, “Marsel”, “Galatasaroy”, “Sent-Eten”,  “Torino”, “Lion”, “Trabzonspor” va “Tigres” klublaridan chorlov bor.

Jigoning moskvaliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugashini inobatga olib, rimliklar uning transferi uchun bir million evro taklif qilgan.

Bu futbolchi Rossiya chempionatiga 2018 yili Belgiyaning “Gent” klubidan sakkiz million evro evaziga olib kelingan. Tajribali himoyachi ungacha Belgiyaning “Kortreyk” va Frantsiyaning “Arl-Avinon” klubida to‘p tepgan.

Mag‘lubiyatda faqat Shomurodovni ayblash adolatdanmi, janob Mourino?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!