Mourino “Roma”ni “Manchester Yunayted”ga aylantirmoqda

  • 5 avgust, 2022, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Joze Mourino “Roma”ni kuchaytirishda “Manchester Yunayted” o‘yinchilaridan foydalanishga qaror qilgan ko‘rinadi.

Portugaliyalik mutaxassis yaqinda manchesterliklar bilan xayrlashgan Nemanya Matichni Rimga kelishga ko‘ndirgan edi.

Ayni paytda sport direktori Tyagu Pinto “Manchester Yunayted”ning tajribali himoyachisi Erik Bayini olish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Mourino bu o‘yinchilar bilan cheklanib qolmoqchi emas. U manchesterliklardan Viktor Lendelofni olishni rejalashtirmoqda.

“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag yangi mavsumda asosan boshqa himoyachilarga tayanmoqchiligini aytganidan keyin shved futbolchisi ketishga qaror qildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!