Mourino Shomurodovni qanday "sindirdi"?

  • 18 mart, 2023, 18:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

2020 yilning kuzida katta umidlar bilan kuchli beshlik chempionatlaridan biri – Italiyaning A Seriyasiga yo‘l olgan Eldor Shomurodov ligada o‘zini ko‘rsata olmayotganiga ancha bo‘ldi. Biz uchun qanchalar yoqimsiz bo‘lmasin, legionerimiz joriy mavsumda Italiya chempionatining eng yomon hujumchilaridan biri bo‘lib turibdi.

Aslida Eldor uchun hammasi omadli boshlangandi. “Rostov”dan “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgan futbolchimiz dastlabki mavsumning o‘zida sakkizta gol bilan muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozondi.

1f0e3dad99908345f7439f8ffabdffc4_20210523003259_60a9788bc1ec6

Avvalgi mavqeini tiklashga qaror qilgan “Roma” tarkibda katta o‘zgarishlar qilishi ortidan A Seriyada paydo bo‘lgan umidli hujumchi Eldor Shomurodovni 18 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu o‘zgarishlar ortida jamoani top-klublar qatoriga qo‘shishga va’da bergan Joze Mourino turgan edi.

Esingizda bo‘lsa, Rim klubiga ko‘chib o‘tgan hamyurtimizning dastlab ishlari ko‘ngildagidek kechdi. Eldor markaziy hujumchi sifatida o‘ynab,  dastlabki uchta uchrashuvda ketma-ket gol urdi.

“Roma” muxlislari Eldorni maqtay boshlashdi:

“Shomurodov mohir o‘yinchi”;

“Eldor chiroyli va samarali o‘ynaydi”;

“Shomurodovning gollari soni oshishiga ishonamiz”;

Afsuski, muvaffaqiyatli onlar uzoq davom etmadi. “Roma” rahbariyati bosh murabbiy talabiga ko‘ra, “Chelsi”ga sig‘may qolgan Temmi Abraxamni olib keldi. Avvaliga, rimliklar hujum chizig‘ida Eldor Shomurodov va Temmi Abraxam tandemi harakati qilishi aytildi.

Biroq, Joze Mourino kutilmaganda boshqacha qarorga keldi. Rejalashtirilganidek ikki markaziy hujumchiga tayanish o‘rniga, sxemani umuman o‘zgartirib yubordi. Portugaliyalik mutaxassis oldingi chiziqda birgina markaziy hujumchi bilan o‘ynaydigan bo‘ldi. Bu pozitsiyaga Shomurodovdan ikki baravar qimmatga olingan angliyalik yulduzni qo‘ydi. Bosh murabbiy Eldorni chap qanotga yubordi. Aynan mana shu qaror Shomurodovning o‘sishiga bolta urdi.

Asosiy pozitsiyasi markaziy hujumchi bo‘lgan Shomurodov har ikki qanotda tezkor va texnikasi kuchli bo‘lgan Stefan El-Shaaravi va Nikolo Dzanologa raqobatni boy bera boshladi. Bora-bora zaxira o‘yinchisiga aylanib qoldi. O‘yin vaqti sezilarli darajada kamaydi.

“Yuventus”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin Mourino Eldorni mag‘lubiyatda asosiy aybdorga chiqardi. Shunday keskin tanqididan so‘ng futbolchimizning agentlari uni boshqa jamoaga o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Eldorni so‘ragan jamoalar ko‘p bo‘ldi. Italiyadan tashqari, Angliya, Germaniya, Frantsiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni klublari aloqaga chiqdi.

Ishni yana Mourino to‘xtatdi. O‘tgan yozda Eldorni so‘ragan jamoalarga ketishiga yo‘l qo‘ymadi.

Mourinoning faqat o‘ziga tushunarli bo‘lgan qarorlari Italiya futbolida o‘z o‘rnini topishga intilib kelayotgan Shomurodovning faoliyatini izdan chiqarib yubordi. 

Nihoyat, 2023 yilning yanvariga kelib, Shomurodov Mourinoning qaramog‘idan chiqishga erishdi. Joze o‘zi imkon bermagan o‘yinchimizni maqtab-maqtab, "Spetsiya"ga qo‘yib yubordi. 

- Eldor ajoyib yigit. Doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham uni olti oyga ijaraga beramiz. Ortga qaytishini kutamiz, - dedi Joze Mourino.

Shomurodovning yangi jamoasi – “Spetsiya” ilgari Italiya chempioni bo‘lgan, lekin hozir yuqori divizion autsayderlaridan.

Bir yarim million evaziga ijaraga o‘tgan o‘zbek hujumchisi olidida ikkita vazifa turibdi – avvalo, o‘z karerasini jonlantirish va bu orqali “Spetsiya”ning A Seriyada qolishiga yordamlashish.

Hozircha, Eldor yangi jamoasi safida oltita uchrashuvda maydonga tushib, jami 344 daqiqa to‘p tepdi. Achinarlisi, u hali ham birorta samarali harakatni amalga oshira olgani yo‘q.

Yangi bosh murabbiy Leonardo Semplichi “Inter”ga qarshi bahsda Eldorni ilk daqiqalardan o‘ynatdi. Hujumchi 45 daqiqa davomida raqib darvozasiga birorta zarba bera olgani yo‘q. Hujumdagi sherigi Mbala Nzola uni ikki marta qulay pozitsiyaga chiqaradigan pas uzatdi. Eldor ularga etolmadi. Qolaversa, Shomurodov uzatgan to‘pularning 43 foizi manzilga etib bormadi.

0cc09bfd8c5f38889eabceeedf64af2b

Legionerimiz hali A Seriyada birorta samarali harakatni amalga oshira olgani yo‘q. Bu ketishda Shomurodov “Roma”ga qaytgan taqdirda ham asosiy tarkibga kira olmaydi. Hamyurtimiz qolgan vaqt davomida A Seriyada qodirligini yana bir karra isbotlab qo‘yishi talab qilinmoqda.

Legionerimiz: Ikki golim uch ochko keltirdi!

Hammasini ikki o‘zbek legioneri mahorati hal qildi! Buni raqib ham tan oldi!

Legionerlarimiz Premer-ligani “yorvordi”!

Shomurodov bor va O‘zbekiston yangi chempionatda yuqori o‘rin uchun kurashadi!

Shomurodovga Dibala qachon joyini bo‘shatib beradi?

Shomurodov nega “Lill”, “Everton”, “Valyadolid” va “Bayer” taklifini qabul qilmadi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
18/03/2023 19:29
Патхалинлар... Элдорни бори шу. Элдор зўр ўйнаб кетса моуриниони оброси ошарди.Коррупсия бор жойдан яхши футболчи чиқмийди. Хеч қачон.
Dolche& Gabana
18/03/2023 19:55
Админ онени амидай синдирди гандон зайбалакансан харомила 2, 3 кун аввалам публикавать кигансан тварь инсофинга кутагим мусор битта нарсани кайта кайта куйвурасанми гандилла туркинга кутагим сука
&
Абду
19/03/2023 14:02

Шу холига бугунги кунда МДХ давлатларидан чиқан футболчилар орасида зўрларидан бири,термадаям тенг келадигани йўқ,қани хозир Женоадами Специядами захирада ўтирадиган яна бир футболчимиз бўлса.Қолган футболчиларимиз Россия РПЛ ига бориши орзу қилганда Элдор РПЛ га қайтишни ўйламаяптиям.Осиё чемпиони бўлган боларимиздан янги Элдорлар етишиб чиқади хали.

&
Uzbek ligion
19/03/2023 06:06
Xullas menimcha mourning xam xisasi bor,eldor xam yomon bush.
Sanjar T
18/03/2023 06:50
Маур синдирганини Энди тшундингизларми