
Mourino "Tottenxem"da qancha maosh ishlab topishi ma’lum bo‘ldi
"Tottenxem" klubi bosh murabbiylik lavozimidan Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqarganidan so‘ng, uning o‘rniga Joze Mourino bilan shartnoma imzoladi.
"Daily Mail" nashrining xabariga ko‘ra, 56 yoshli portugaliyalik mutaxassis London klubida yiliga 15 mln funt maosh oladi. Bu 47 yoshli Pochettinoning maoshidan deyarli ikki barobar ko‘proq deganidur.
Mourino "Tottenxem" bilan 2022/23 yilgi mavsumning oxiriga qadar mo‘ljallangan bitimga imzo
chekdi.
Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" APLning joriy mavsumida 12 ta turdan so‘ng, turnir jadvalining 14-pog‘onasidan joy egallab turibdi.
Fikrlar