
Mourino no‘noq futbolchini yulduzga aylantirmoqchi
“Tottenxem” rahbariyati “Flamengo” yarim himoyachisi Jerson Santosning imkoniyatlariga yuqori baho bergan holda, uni transfer qilishni istamoqda.
Avvaliga Italiya chempionatida “Fiorentina” va “Roma” sharafini himoya qilgan futbolchi muvaffaqiyatga erisholmay yurtiga qaytib ketgandi. Braziliyaliklar bu futbolchini olish uchun o‘tgan yili “Roma”ga 13 million evro to‘lagan.
Jerson joriy chempionatda atigi to‘rtta o‘yinda qatnashdi. Mourinoning jamoasi yarim himoyachi uchun 16 million funt berishga tayyor. Transfer deyarli pishib qoldi.
Fikrlar