
Mourino zo‘r hujumchi topdi
Joze Mourino jamoa hujumchini kuchaytirish maqsadida anchadan buyon forvard qidirayotgan edi.
Nihoyat, “Tottenxem” bosh murabbiyiga “Bornmut” tarkibida o‘ynagan Joshua King nomzod ma’qul keldi.
Londonliklar “Bornmut” premer-ligadan tushib ketganini inobatga olib, 28 yoshli norvegiyalik hujumchini oson qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. King “Tottenxem”da asosiy hujumchi Harri Keynning o‘rinbosari bo‘ladi.
Chempionshipga tushib ketgan “Bornmut” ham katta maosh oladigan futbolchilaridan tezroq qutilish maqsadida ularni sotib yuborishga harakat qilmoqda.
Fikrlar