Mourino:Hakam PSJ darvozasiga haqli ravishda penalti belgiladi

  • 7 mart, 2019, 21:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino kecha UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan PSJ – MYu (1:3) bahsning so‘nggi daqiqalarida hakam tomonidan parijliklar darvozasiga belgilangan penalti haqqoniy ekanligini aytdi.

Tecno

“Penalti to‘g‘ri berildi deb o‘ylayman. Hakam takroriy lavhalarsiz boshqacha qaror qabul qilishi ham mumkin edi, ammo, unga bu vaziyatda VAR yordamga keldi. UEFA joriy mavsum videotakrorlarni amalga kiritib jiddiy ishga qo‘l urdi. Avvallari qiyin vaziyatlarda hakamlar faqat o‘zlariga ishonishlari kerak edi, ammo, endi ularga yuqori texnologiyalar yordamga kelishadi”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!