Mourinoni bekor tanqid qilgan ekanman!

  • 11 may, 2022, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Rio Ferinand Joze Mourino manchesterliklarni boshqargan davrda uni tanqid qilgani nohaq bo‘lib chiqqanini tan oldi.

- Men Joze Mourinoning ishini noto‘g‘ri baholaganim uchun undan uzr so‘rashni istayman.  Hozir ham ayrim masalalarda u ideal variant topa olmagan, deb hisoblayman. Lekin u premer-ligada ikkinchi o‘rinni olganini tanqid qilganimiz noto‘g‘ri bo‘lgan ekan.

Biz maydondan tashqarida nimalardir bo‘layotganini bilardik, biroq kelishmovchiliklarning ko‘lamini Mourinochalik ko‘p anglamaganmiz. Joze ko‘p o‘yinchilardan qutilishni va ularning o‘rniga boshqa ijrochilarni olib kelishni istagan edi.

Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis tarkibdagi ayrim o‘yinchilarga katta shartnomalar berilishiga qarshi bo‘lgan, - dedi Rio Ferdinand.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!