Mourinoning nega jahli chiqdi yoxud u bugun Shomurodovni o‘ynatadimi?

  • 7 aprel, 2022, 21:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun tunda – Toshkent vaqti bilan 00:00 da “Roma” Konferentsiyalar ligasi chorak final dastlabki uchrashuvini Norvegiyada “Budyo-Glimt” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bu jamoalar mazkur musobaqaning guruh bosqichida ham o‘zaro to‘qnash kelib, unda mezbonlar 6:1 hisobida zafar quchgandi.

Joze Mourino o‘sha alamli mag‘lubiyatni unutmagan holda bu gal umuman boshqa “Roma”ni maydonga tashlashini ma’lum qildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, portugaliyalik mutaxassis bu o‘yinga A Seriyaning so‘nggi ikki uchrashuvida rimliklarga “Latsio” va “Sampdoriya” ustidan g‘alaba keltirgan uslubdan foydalanadi. Ya’ni, maydonda Mourino 3-4-2-1 taktik sxemasidan foydaladi.

Mutaxassislarning bu taxminlarini Italiya futbolini yorituvchi barcha nufuzli nashrlar ham tasdiqlamoqda. Beshta etakchi nashr tuzgan taxminiy tarkib bir xil sxema va tarkibga ega bo‘lib chiqdi.

Italiya gazetalari tanlagan tarkib quyidagicha bo‘ldi:

LA GAZZETTA DELLO SPORT, CORRIERE DELLO SPORT, IL TEMPO, IL ROMANISTA, LEGGO (3-4-2-1): Ruy Patrisio;  Janluka Manchini, Kris Smolling, Rojer Ibanes;  Rik Karsdorp, Brayan Kristante, Serjiu Oliveyra, Nikola Zalevski; Lorentso Pellegrini, Genrix  Mxitaryan; Temmi Abraxam.

Ko‘rinib turibdiki, Eldor Shomurodov bu gal ham zaxirada qoldirilishi kutilmoqda. Hamyurtimiz A Seriyada doirasida “Sampdoriya”ga qarshi o‘tgan uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Temmi Abraxam o‘rniga tushgan edi. Uchrashuvdan keyin Joze Mourino legionerimizning harakatlarini maqtagan edi.

Untitled-3

Mourinoning jahli chiqdi

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinoga Norvegiyada “Budyo-Glimt” muxlislari uyushtirgan tashrif marosimi yoqmadi.

Konferentsiyalar ligasi chorak final birinchi uchrashuvini o‘tkazish uchun sovuq o‘lkaga kelgan 59 yoshli murabbiy o‘zi bilan suratga tushish va aftograf olish uchun yig‘ilgan muxlislar oldiga kelgan edi.

Biroq, muxlislardan biri portugaliyalik mutaxassisga qor otdi. Bu Jozega umuman yoqmadi va u muxlislar oldidan jahl bilan  uzoqlashib, avtobusga chiqib ketdi.

29819a

Avvalgi futbolchilar haqiqiy chempion edi

“Roma”ning sobiq futbolchisi Fransisko Lia Joze Mourino qo‘l ostidagi jamoaning o‘yiniga baho berdi.

- Fabio Kapello doim meni ilhomlantirar edi. U menga ko‘p narsani o‘rgatgan. Hozir o‘zim mashg‘ulotlar jarayonida uning o‘gitlarini qo‘llashga harakat qilyapman. Mening nazarimda Kapello va Joze Mourino umuman bir-biridan farq qiladigan murabbiylar. Ularning “Roma”si o‘rtasida juda katta farq ko‘zga tashlanmoqda.

Mourino o‘z ishini juda zo‘r bajaryapti. Lekin oldinda qiladigan ishlari juda ko‘p. Hozirgi o‘yinchilarga hurmat saqlagan holda aytishim mumkinki, mening davrimdagi “Roma” umuman boshqa saviyadagi jamoa edi.

Kapelloning qo‘l ostida  Emerson, Kafu, Batistuta, Totti, Kandela, Samuel, Aldair kabi haqiqiy chempionlar to‘p tepgan.

Hozirgi futbolchilarni avvalgi chempionatlarga solishtirib bo‘lmaydi. Biz skudetto va Italiya Superkubogini qo‘lga kiritganmiz, doimo Chempionlar ligasi uchun kurashganmiz. Jamoamiz juda kuchli edi, biroq ko‘pinchi omad bizdan yuz o‘girgan, - dedi braziliyalik sobiq futbolchi RomaToday nashriga bergan intervyusida.

lima

O‘zbek legioneri maydonga qaytib, hammasini joy-joyiga qo‘yishi kerak!

O‘zbek futbolchisini Evropada e’tirof etishdi

“Roma”: Bu futbolchi endi o‘ynamaydi! Mourino kim haqida gapirdi?

“Roma” hujumchisi bo‘yicha kutilmagan vaziyat yuzaga keldi!

Xorijdagi hujumchimizning "ishtahasi" ochilib ketdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!