"Mourinoning "Roma"da qilayotgan ishlari - buzg‘unchilik!"

  • 11.01.2022 13:35
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya A Seriyasi 21-turi doirasida "Roma" o‘z maydonida "Yuventus"ga 3:4 hisobida alamli mag‘lubiyatga uchradi.

Sobiq futbolchi Daniele Adani "bo‘rilar" va Joze Mourinoning holati haqida fikr bildirdi:

"Mourino olib borayotgan ishni konstruktiv emas, buzg‘unchilik deb bilaman. Unga transferlar yordam bera olmaydi. Yaqindagina sotib olingan Meytlend-Naylz "Roma"ning hozirgi holatida hech nimani o‘zgartira olmaydi.

Men Serjiu Oliveyrani 10 yildan beri taniyman. U yaxshi futbolchi, lekin Oliveyra klubga yordam bera oladi deb o‘ylamayman".

Ma’lumot uchun, rimliklar A Seriya turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
11/01/2022 14:15
ЖУда тугри! Моур аллакачон тугаган! Осиёда бирон нимага эришиши мумкин, лекин Европада клубни уз урнида сакласа хам катта гап!