Muammad Salohga hali hech kim olmagan darajada maosh beriladi

  • 28 yanvar, 10:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi Neymar bilan shartnomani bekor qilganidan keyin uning o‘rniga yana bir yulduzni olib kelishga urinmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, saudiyaliklar “Liverpul” to‘purari Muhammad Salohni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Misrlik hujumchining liverpulliklar bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi. “Al-Hilol” 32 yoshli Salohni erkin agent sifatida bepul transfer qilish imkoniyati bor.

Klub rahbariyati Muhammad Salohni jahon futbolida eng katta maosh oladigan o‘yinchiga aylantirishni va’da qilyapti.  

“Liverpul” uzoq davom etgan muzokaralarda o‘z etakchisini hamkorlikni uzaytirishga ko‘ndira olmadi. “Al-Hilol” esa, Salohga o‘ta katta maosh ko‘rsatilgan uch yillik shartnomada taklif qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!