Muhammad Saloh 9 ta gol bo‘lgan bir o‘yinda ikkita katta rekord o‘rnatdi

  • 23 dekabr, 2024, 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 17-turidan o‘rin olgan “Tottenxem” va “Liverpul” o‘rtasidagi uchrashuvda muxlislar to‘qqizta gol guvohi bo‘ldi.

O‘yin 6:3 hisobida liverpulliklar foydasiga hal bo‘ldi. Uchrashuvda ikkita gol va bitta assist muallifi bo‘lgan Muhammad Saloh birdaniga ikkita yangi rekord o‘rnatdi.

Squawka statistika portalining ma’lum qilishicha, Muhammad Saloh Angliya chempionatida ketma-ket to‘rt mavsum davomida 10 tadan ko‘p gol va assist muallifi bo‘lgan birinchi futbolchiga aylandi.

Bundan tashqari, misrlik vinger chempionatda Rojdestvo bayramigacha 13 ta gol va 10 ta assist qayd etgan APL tarixidagi ilk o‘yinchi sifatida ikkinchi rekordni ham o‘rnatdi.

Umumiy hisobda Muhammad Saloh joriy mavsumda barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 16 ta gol va 13 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!