
Muhammad Saloh afrikaliklarning Evropadagi rekordini o‘rnatdi
Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqich ikkinchi turida “Liverpul” o‘z maydonida Italiyaning “Bolonya” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Angliyaliklarning gollariga Mak Allister va Muhammad Saloh mualliflik qildi.
Salohning goli Afrika futbolchilari uchun yangi rekordga aylandi. Misrlik hujumchi Evropcha Chempionlar ligasida eng ko‘p gol urgan afrikalik o‘yinchi bo‘ldi.
Muhammad Saloh Evropaning eng nufuzli turniridagi gollari sonini 45 taga etkao‘ib oldi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Chelsi”ning sobiq yulduzi Dide Drogbadan o‘zib ketdi.
Drogbaning hisobida Chempionlar ligasida kiritilgan 44 ta gol bor. Uchinchi o‘rindagi Samuel Eto’O o‘z hisobiga 30 ta gol yozdirib qo‘ygan. Bundan buyon Salohning Chempionlar ligasida kiritgan har bir to‘pi yangi rekord sifatida qayd etiladi.
Fikrlar