
Muhammad Salohga kutilmagan xaridor chiqdi
“Liverpul” hujumchisi Muhammad saloh kelasi mavsum A Seriyaga qaytishi mumkin, deb xabar bermoqda Football Italia nashri.
Manbaning yozishicha, yozda tarkibini kuchaytirishni maqsad qilgan “Yuventus” misrlik to‘purarga xaridor bo‘lyapti.
Turinliklar 29 yoshli hujumchini jamoaning yangi etakchisiga aylantirishni rejalashtirmoqda.
Salohning liverpulliklar bilan kelishuvi kelasi mavsum yakunalanadi. Yangi bitim bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tmadi. Tomonlar maosh miqdori bo‘yicha kelisha olmayapti.
Agar klub mutasaddilari yozgacha o‘yinchini yangi kelishuvga ko‘ndira olmasa, Muhammad Salohni sotib yuborishga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar