
Muhim golni kiritgan Shomurodov qanday statistika qayd etdi?
Xabaringiz, Italiya A Seriyasining 31-turida Klaudio Raneri boshchiligidagi "Roma" "Yuventus" bilan kuch sinashib,Shomurodovning goli evaziga 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Mazkur uchrashuvning 46-daqiqasida milliy terma jamoamiz sardori zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, ikkinchi bo‘limda to‘liq harakat qildi. U maydonga tushgandan so‘ng 3 daqiqa o‘tiboq hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qildi.
Mazkur vaqt davomida hamyurtimiz qayd etgan statistika bilan tanishing:
Darvozaga yo‘llangan aniq zarbalar - 1/1
Dribling urinishlari – 2/0
To‘pga teginishlar soni - 20
Uzatmalar aniqligi - 11/13 (85%)
Keskin uzatmalar - 0/1
Uzoq masofaga uzatmalar – 1/1
Yakkakurashlar – 0/2
Ikkinchi qavatdagi kurashlar - 0/2
Qoida buzarliklari – 1
Unga nisbatan qoida buzilishi – 0
To‘p tortib olish – 2
Dribling bilan aldab o‘tish - 0
Sofascore hamyurtimizning turinliklarga qarshi bahsini 7.2 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, Fotmob portali futbolchimizga 7.3 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, Flash score nashri esa hujumchimizni 7.4 deb baholadi.
Fikrlar