
Muhim o‘yin oldidan "Paxtakor" klubi raisi o‘rinbosari futbolchilarni ruhlantirdi
Ma’lumki, 27 fevral kuni O‘zbekiston Superkubogi doirasida “Paxtakor” klubi “Turon”dagi stadionda “Nasaf”ga qarshi maydonga tushadi.
Hozirda “Sherlar” bor e’tiborini ushbu uchrashuvga qaratgan. Shu munosabat bilan bugun “Paxtakor” jamoasi mutasaddisi futbolchilar bilan uchrashdi. Klub matbuot xizmatining xabarida shunday deyiladi:
“O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi arafasida klub raisi o‘rinbosari futbolchilar bilan muloqot qildi.
Jamoaning Qibraydagi bazasidagi mashg‘ulotiga tashrif buyurgan Dilshod Karimov mavsumni muvaffaqiyatli boshlash ahamiyatli ekani, keyinchalik Superliga va Chempionlar Ligasida ham yuqori shijoat bilan o‘ynash zarurligini, muxlislarni chiroyli futbol yordamida xursand qilish asosiy vazifa ekanligini ta’kidlab o‘tdi”.
Fikrlar