Muhim o‘yin oldidan "Qizilqum" etakchisi safga qaytdi
“Qizilqum” klubi bugun Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi muhim o‘yinini o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv oldidan jamoa etakchilaridan biri Sherali Jo‘raevning tarkibga qaytgani ma’lum bo‘ldi.
Sherali Jo‘raev jarohat olib avgust oyidan beri maydonga tushmay kelayotgandi. Himoyachi 3 oy deganda safga qaytdi va bugun “Bunyodkor” qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.



Fikrlar