Mujibillo Tursunov WBC Grand-prisidagi zafarli yurishini davom etmoqda

  • 20 iyun, 16:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida professional boks bo‘yicha WBC Grand-prisining navbatdagi bosqichi boshlandi.

Tecno

To‘rtta divizionda tashkil etilayotgan Grand-prining bugungi bellashuvlari doirasida super engil vazn toifasida o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustasi Mujibillo Tursunov ringga ko‘tarildi.

Hamyurtimizga Argentina vakili Alan Ezikel Dutra raqiblik qildi.

Ahamiyatlisi, 6 raundlik bellashuv to‘liq davom etib, yakunda Mujibillo ochkolar hisobiga ko‘ra zafar quchdi. Bu g‘alaba orqali Tursunov WBC Grand-prisining chorak final bosqichi chiptasini qo‘lga kiritdi.

Endilikda Andijonda tug‘ilgan Mujibillo Tursunov hisobida 7 ta jangda qo‘lga kiritilgan 7 ta g‘alaba mavjud. Alan Dutra esa bugun faoliyatidagi 16-jangida ilk bor mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.

Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!