Muminjon Mamajonov AQSh promousheni bilan shartnoma imzoladi!
Yurtimizning ko‘zga ko‘ringan MMA jangchilaridan biri "Momka" nomi bilan mashhur Muminjon Mamajonov AQShning Titan FC promousheni bilan shartnoma imzoladi.
Mazkur shartnoma 5 ta jangga tuzildi. Ma’lumki, Titan FC promousheni orqali ko‘plab jangchilar UFC bilan shartnoma tuzish imkoniyatini qo‘lga kiritganlar. Yurtdoshimiz ushbu promoushenda yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasida o‘zi janglarini o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Muminjon Mamajonov professional faoliyati mobaynida 7 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.


Fikrlar