Mundialdan chetda qolganlar bahsi (prevyu)

  • 7 sentabr, 2020, 20:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2-tur haqida bildirgan fikrlarimiz o‘zini oqladi. Terma jamoalar tobora o‘z o‘yinini qayta shakllantirib bormoqda. Ularga katta tanaffusdan so‘ng, rostdan ham biroz vaqt kerak bo‘lgan ekan. Rossiya Vengriyani xotirjamlik bilan engmoqchi edi. Ammo yakun ular kutgandek kechmadi. Germaniya gol o‘tkazib yuborgach, kuchayish o‘rniga xotirjamlikka berilmoqda. Ispanlar esa guruh etakchiligi uchun Ukraina bilan o‘tgan bahsda raqiblarini ko‘rdim deyishmadi. Ansu Fati pandemiya sabab terma jamoa safida debyut qilgan eng yosh futbolchi degan nomni boy berdi. Ammo kecha ikkinchi o‘yinidayoq gol kiritib, ispanlar tarkibida gol kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Tecno

NID - ITA GLAV 1
Kecha bizda katta nomlar to‘qnashuvlari yo‘qligini e’tirof etishimiz shart. Ko‘p yillik futbol tarixiga nazar tashlasak, eng nomdor jamoalar to‘qnashuvi sifatida Vengriya - Rossiya uchrashuvini qayd etishga majbur bo‘lamiz. Bugun esa yaqqol markaziy uchrashuvga egamiz. Jahon chempionati finallarini-da bezashga qodir bo‘lgan Gollandiya - Italiya uchrashuvi tungi uyqumizdan ayirishga qasd qilgan.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi 21 uchrashuvning 9 tasi italyanlar foydasiga hal bo‘lgan. 3 ta bahsda “uchar gollandlar” zafar quchgan bo‘lsa, yana 9 ta bellashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlagan. Duranglar birmuncha ko‘pligi bejizga emas. “Lolalar yurti” vakillari uchun Italiyaga qarshi o‘yinlar doim qiyin kechgan. Ochiq, hujumkor futbolga qarshi italyancha himoyadan yaxshiroq qurol bormi?! Niderlandlar so‘nggi bor “moviy eskadra”ni 12 yil muqaddam, “EVRO-2008” 1-turida yirik 3:0 hisobida enggan.

SILESEN

Gollandiya

Niderlandlar Levandovskisiz Polshaga qarshi ham qiyinchilikka uchrashdi. Depay terma jamoa etakchisi sifatida bir nechta vaziyatda o‘zini ko‘rsata oldi. Ammo hujumda u yaratgan vaziyatlarni golga aylantira oladigan sherik etishmadi. Promes va Bergveyn ko‘p vaziyatlarda yo‘qolib qolishdi. “Tottenxem” futbolchisi uchrashuvdagi yagona golni kiritgan vaziyatda ham aslida katta ishni Frenki de Yongning super uzatmasi va Xans Xateburning ajoyib tarzda to‘pni tashlab berishi sabab bo‘ldi.
Bugun Lodeveges shogirdlari nisbatan kuchsizroq Italiyaga qarshi 12 yillik noxush an’anaga barham berishlari va guruhdagi vaziyatni o‘zlari uchun yanada qulay holatga olib kelib qo‘yishlari zarur.

Taxminiy tarkib: Sillessen, Xatebur, Van Deyk, Ake, Vindal, De Yong, De Ron, Veynaldum, Promes, Bergveyn, Depay.

NID SOSTAV

Italiya

Roberto Manchini ancha eksperimental tarkibni yig‘inga jalb qilgani Bosniya va Gertsegovinaga qarshi uchrashuvda bilinib qoldi. Yosh avlod vakillarining ham eng kuchlilar yig‘ilmagan. To‘p uzatishlarda ko‘plab xatolar ko‘zga tashlanmoqda. Turli klublar sharafini himoya qiluvchi futbolchilar bir-birlarini tushunib olishlari ancha qiyin kechdi. “Yuventus” futbolchilari “Sarribol” asoratlaridan qutula olmayotgani jamoaning uslubiya tekisligini buzib qo‘ymoqda.
Ortda qolgan bir necha kun davomida Manchini xatolarni to‘g‘rilab olmagan bo‘lsa, “uchar gollandlar” maydonida “skuadro adzurro” yaxshigina qiynaladi.

Taxminiy tarkib: Sirigu, Acherbi, Bonuchchi, Dambrozio, Di Lorentso, Barella, Sensi, Pellegrini, Keza, Insine, Immobile.

ITA TREN 2

Murabbiylar

Duayt Lodeveges: “Biz Polshaga qarshi juda ajoyib o‘yin ko‘rsatdik. Ularda juda ko‘plab kuchli futbolchilar borligiga qaramay, himoyaviy futbolni afzal ko‘rishdi. Bunday holatda futbol o‘ynash bizga og‘irlik qildi. Italiyaga qarshi o‘ynash ham juda qiziq. Ular bizga juda o‘xshash futbol ko‘rsatishadi. Ularda bir nechta yangi futbolchilar ham bor, ammo bu o‘yin sifatini tushirmaydi. Ular o‘ziga yarasha printsiplarga ega jamoa hisoblanadi. Damfrisni ota bo‘lgani bilan tabriklashimiz mumkin. Ota bo‘lish maydonga tushishiga halaqit beradi, deb o‘ylamayman”.

DUAYT

Roberto Manchini: “Biz har doimgidek, Niderlandiyaga g‘alaba uchun keldik. G‘alabali seriyamiz qachondir tugashi aniq edi. Bu Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o‘yinda sodir bo‘lishi kerak ekan. Men xursandmanki, biz atigi durang evaziga ushbu seriyani boy berdik. Strukturani saqlab qolgan holda bir nechta futbolchilarni almashtiramiz. Ular har 3 kunda futbol o‘ynay olishmaydi”.

MANChINI

Xulosa o‘rnida

Italiyaning Gollandiya ustidan mag‘lubiyatsiz seriyasi qachondir yakunlanishi kerak. Tarkib va jamoalarning holati nuqtayi nazaridan ushbu voqea bugun tunda sodir bo‘ladiganga o‘xshayapti. Milliy chempionatlar boshlanishiga 5 kungina vaqt qoldi. Ammo biz hamon yuqori saviyali futbol uchrashuvlaridan bahramand bo‘lishda davom etmoqdamiz.

ITA TREN
Shaxsiy taxminlarga asoslanib, bugun niderlandlarning kichik hisobdagi g‘alabasi yoki yana bir durang bo‘lishini kutmoqdaman. Imkoniyatlar 55-45.

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!