Murodjon Ahmadaliev: "Har qanday raqibga tayyormiz!" (Video)

  • 30.03.2021 09:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev 3 aprel kuni Toshkentda yaponiyalik Ryosuke Ivasadan o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA hamda IBF chempionlik kamarini himoya qiladi.

Mazkur jang avvalida yurtdoshimiz o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdi. 

"Bir kun ham mehnatsiz o‘tmadi. Jang qachon va qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar, biz mashg‘ulotlarni davom ettiraverdik. O‘z kuchiga ishongan sportchi qiyinchiliklardan faqat zavq oladi. Menga kimga qarshi jang qilishning farqi yo‘q. Har qanday raqibga tayyormiz. Meni duo qilib, qo‘llab-quvvatlab turgan yurtdoshlarim va boks muxlislariga rahmat deb qolaman. Xudo xohlasa 3 aprel kuni sizning ishonchingizni oqlash uchun bor kuchim bilan kurashaman",- dedi Ahmadaliev o‘z Instagram sahifasida.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!