Murodjon Ahmadaliev: "Hozircha faqat himoya jangi haqida o‘ylayapman"

  • 16.03.2021 11:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Murodjon Ahmadalievni juda  muhim jang kutib turibdi. U Toshkentda o‘ziga tegishli bo‘lgan ikki yo‘nalish chempionlik kamarini Yaponiya vakili Ryosuke Ivasadan himoya qiladi. Mazkur muhim jang avvalida yurtdoshimiz "Matchroom boxing"  mediasiga o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

- O‘z vatanimda, hamyurtlarim ko‘z oldida kamarlarimni birinchi marta himoya qilish, men uchun katta sharaf va o‘z o‘rnida katta ma’suliyat ham yuklaydi. Raqibim Ryosuke Ivasa juda jiddiy bokschi hisoblanadi. Shuning uchun men qiyin jangga tayyorgarlik ko‘rmoqdaman. Hozircha faqat himoya jangi haqida o‘ylayapman. Keyinchalik barcha kamarlarni birlashtirishni maqsad qilganman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!