
Murodjon Ahmadaliev: Kamarimni himoya qilib, barchani xursand qilaman
Bilasiz, 3 aprel kuni Toshkentdagi "Humo Arena" sport majmuasida professional boks kechasi tashkil etiladi. Bugun "Hilton" mehmonxonasida bokschilar va ularning murabbiylari matbuot anjumanida ishtirok etdi. Ushbu kuni asosiy jangda ishtirok etuvchi Murodjon Ahmadaliev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"O‘zbekistonimizda jang o‘tkazayotganimizdan xursandmiz. Himoya jangimni aynan o‘z yurtimda, muxlislar qarshisida o‘tkazayotganimdan mamnunman. Bundan boshim osmonga etdi. Yurtdoshlarimizning yuzini yorug‘ qilib, kamarimni himoya qilib, barchani xursand qilaman. Shart-sharoitlarni yaratib bergan yurtboshimizga, Milliy Olimpiya Qo‘mitasi, Boks federatsiyasiga minnatdorchilik bildiraman", - dedi kechaning asosiy qahramoni Murodjon Ahmadaliev.
Fikrlar