
Murodjon Ahmadaliev va Isroil Madrimov tarozidan muvaffaqiyatli o‘tdi
Toshkent vaqti bilan 9 aprel tongida AQShning Texas shtati, San Antonio shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA va IBF kamarlarini Marlon Tapalesdan himoya qiladi. Bahs oldidan rasmiy vazn o‘lchash ma’rosimi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, Ahmadaliev 55,1 kg natija qayd etgan bo‘lsa, Tapales 55,2 kg tosh bosdi.
.jpg)
Yana bir professional bokschimiz Isroil Madrimov ham Murodjon Ahmadaliev bilan bir oqshomda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. 10 raundlik bahsda unga amerikalik Rafael Igbokve qarib bo‘ladi. Qayd etish lozimki, ushbu bahs Madrimovning asosiy vaznidan bitta yuqori divizionda bo‘lib o‘tadi.
Rasmiy vazn o‘lchash ma’rosimida Madrimov 72 kg, Igbokve esa 72,5 kg natija qayd etdi.
Fikrlar