Murodjon Ahmadalievning raqibi yana qaytmoqda yoxud u WBC kamari uchun harakatni boshladi
Ikkinchi yarim engil vaznda (55.2kg) ikki yo‘nalish sobiq chempioni amerikalik Daniel Roman (27-3-1, 10 KO) WBC jahon chempionlik kamari uchun eliminator ya’ni, saralash jangida ringga ko‘tariladi. 26 sentyabrga belgilangan bahsda unga Emanuel Rodriges ( 19-1, 12 KO) raqiblik qiladi.
Jang kechasi PBC promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil qilinmoqda va "Showtime" kanali orqali translyatsiya qilanadi. Kechaning markaziy jangida Jermall Charlo ukrainalik Sergey Derevyanchenkodan WBC jahon chempionlik kamarini himoya qiladi.
Ma’lumot uchun, Roman joriy yilning 30 yanvar kuni hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievga qarshi ringga ko‘tarilib, ochkolar hisobida mag‘lub bo‘lgan. Ushbu muvaffaqiyatsizlik oqibatida okean orti vakili o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA, IBF jahon chempionlik kamarlarini boy berib qo‘ygandi.

Fikrlar